Madaniy meros ob’ektlariga reklama joylashtirish taqiqlanadi – agentlik

Madaniy tarixiy yodgorliklarga tashqi reklama bannerlari, turli o‘lchamdagi bilbordlarni o‘rnatish, ularga mix qoqish orqali ularga ziyon yetkazish holatlari hamon uchramoqda. Bu haqda O‘zbekiston madaniy meros agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday noqonuniy harakatlar davlat muhofazasida bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazilishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasida tashqi reklama va axborot ob’ektlariga (konstruktsiyalariga) doir asosiy talablar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros ob’ektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Bu me’yor asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida mustahkamlangan.

Mavzuga doir maqola:

O‘zbekiston: minglab madaniy boyliklarning noqonuniy tashilishi oldi olindi. 11.03.2023