www.ziyouz.com portali Alisher Navoiy g‘azallari audiomajmuasini taqdim etdi

Buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan www.ziyouz.com portali shoirning g‘azallari jamlangan audiomajmuani taqdim etdi. Ushbu audiomajmuaga 623 g‘azaldan iborat MP3 formatdagi audioyozuvlar kiritildi.

Audiofayllar g‘azallarning birinchi misrasi bo‘yicha tartiblangan. G‘azallarni asosiy qismini Shavqiddin Rahmatov o‘qigan. Ushbu audiojamlanmani quyidagi sahifa orqali saqlab olishingiz mumkin.